O‘FF matbuot xizmati tashkilot prezidenti Umid Ahmadjonov ilgari surayotgan masalalar yuzasidan axborot berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston futbol federatsiyasi kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqadi. Bu yo‘lda butunlay yangi qo‘mita tashkil qilish rejalashtirilgan.Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish yangi bosqichga olib chiqiladi. O‘FF strukturasida futboldagi korrupsiyaning oldini olish uchun ma’sul bo‘lgan maxsus bo‘linma, shuningdek, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘yicha bo‘lim va yangi qo‘mita ish boshlaydi. Bu bo‘linma va qo‘mita faoliyatini O‘FF prezidenti shaxsan nazorat ostiga oladi, deb yozdi matbuot xizmati.
Bungacha O‘FF qoshida Ahrol Inoyatov boshchilik qiladigan kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘limi faoliyat olib borgan bo‘lib, hozirga vaqtga qadar birorta ham kelishilgan o‘yinni aniqlay olmagandi. Sport prinsiplari buzildi deb topilgan “Paxtakor” — “Metallurg” o‘yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovga kichik chora ko‘rilgan, biroq mezbonlardan hech kim jazolanmagandi.
Izoh (0)