O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahrida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari umumiy muzokaralarida nutq so‘zlaydi. “O‘zbekiston 24” tеlеkanali ushbu jarayondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportaj olib ko‘rsatishni rejalashtirgan. Bu haqda telekanal saytida xabar qilindi.
Translyatsiya taxminan soat 01:00 va 02:00 oralig‘ida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi.
Shuningdek, keng doiradagi O‘zbekiston – Amerika biznes-forumida ishtirok etadi. Biznes-forum yakunlari bo‘yicha ikki davlat yetakchi firma va kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy sohalarda ko‘plab ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Izoh (0)