Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson hukumat rahbari Tereza Meyning Brexit bo‘yicha qarori tufayli iste’foga chiqishi mumkin. Bu haqda, The Telegraph nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Mey xonim 22-sentabr kuni Brexit xususida chiqish qilishni rejalashtirgan. Agarda bosh vazir Yevropa Ittifoqi bilan yagona bozorda qolish uchun badal to‘lash qarorini ma’qullasa, ilgari bunga qarshi chiqqan Jonson iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi.
Ayni paytda Jonson Nyu-Yorkda bo‘lib, BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Uning o‘zi iste’fo haqidagi xabarlarni inkor qildi.
Izoh (0)