Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy yana bir siyosiy janjalga aralashib qoldi, deb xabar beradi Meduza.
Moskva Lyublino tuman sudi siyosatchi hamda uning rahbarligidagi Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi ustidan kiritilgan shikoyatni ko‘rib chiqib, tashkilot tomonidan suratga olingan “U sizga Dimon emas” nomli hujjatli filmning ayrim parchalarini olib tashlash bo‘yicha hukm chiqardi.
Film Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga bag‘ishlangan. Unda hukumat rahbarining korrupsion sxemalarga aloqadorligi xususida so‘z yuritiladi.
Medvedevning kursdoshi Ilya Yeliseyev rahbarligidagi “Sotsgosproyekt” jamg‘armasi Navalniy ustidan shikoyat qilib, filmning ayrim parchalarini olib tashlashni talab qilgan edi.
Navalniy sud qarorini bajarishdan bosh tortdi. Uning vakillari sud qarori ustidan apellyatsiya kiritilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)