Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bunyod etilgan olimpiya shaharchisining ikki obyekti Ginnes rekordlar kitobidan joy oldi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.
Olimpiya shaharchasining Osiyo O‘yinlari uchun atab yoqilgan mash’alasi joylashgan inshoot dunyodagi eng yirik ot shakliga ega bo‘lgan arxitektura na’munasi sifatida tan olindi. Uning balandligi 40,5 metrni tashkil qiladi. Uzunligi 37,69 metrni, kengligi esa 40,24 metrni tashkil qiladi.
Turkmanistonliklar suv sporti saroyini ham Ginnes rekordlar kitobiga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Arena endilikda dunyodagi eng katta usti yopiq suzish havzasi hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 4976,64 kv/metrni tashkil qiladi.
Bino ichida suzish va suvga sakrash musobaqalarini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan 4 ta katta basseyn bor. Bir vaqtning o‘zida besh mingdan ziyod tomoshabin zaldan o‘rin olishi mumkin.
Izoh (0)