Parijda 18-sentabr kuni Eyfel minorasi atrofida shaffof o‘q o‘tmas devor qurilishi boshlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Birinchi va Ikkinchi jahon urushida zararsiz turgan mashhur minorani endi terrorchilardan qo‘riqlash uchun shunday choralar ko‘rishga to‘g‘ri kelmoqda, deyiladi xabarnomada.
Ikki qavatli, uch metrli devorlar minorani Sena sohilbo‘yidan ajratib turadigan bo‘ldi. Zirhlangan shisha qalinligi 5 santimetr bo‘lib, u armiya o‘qlariga dosh bera oladi, shuningdek, terrorchilik hujumi uyushtirilgan taqdirda po‘lat oskolkalarni tutib qoladi.
Izoh (0)