Litva tashqi ishlar vaziri mamlakatdagi Rossiya elchisi Aleksandr Udalsovni chaqirtirdi hamda unga mamlakat havo hududining buzilgani yuzasidan norozilik notasini topshirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Aytilishicha, 16-sentabr kuni Rossiyaning ikki Il-76 harbiy samolyoti Kaliningrad viloyatiga ketish chog‘ida ikki daqiqa davomida Litva havo hududida ruxsatsiz bo‘lgan.
Litva ushbu qonunbuzarlikni tushuntirishni hamda bu kabi voqealar kelajakda takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘rishni talab qildi.