Iroq federal sudi bosh vazir Haydar al-Abadiy shikoyatiga ko‘ra ish ochib, Iroq Kurdistonidagi referendumni to‘xtatish haqida hukm chiqardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Iroq bosh vaziri matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hukumat rahbari Iroqning har qanday mintaqasi yoki viloyati ajralib chiqishi konstitutsiyaga zid keladi deb hisoblaydi va shu asosda sudga ariza kiritgan. Iroq Kurdistonining ajralib chiqishi borasidagi referendum mazkur ish doirasida konstitutsiyaga zid deb topildi.Sud kurdlar muxtoriyatining alohida davlat bo‘lib ajralib chiqishini to‘xtatishga ruxsat beruvchi mandat chiqardi, ushbu mandat hukumat boshlig‘iga topshirildi.
Izoh (0)