Turkiyada turistik avtobus jarlikka qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 27 yaralandi. Voqea Antalya viloyatida ro‘y berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Aniqlashtirilishicha, avtobusda Manavgatdan Adrasan qishlog‘iga ekskursiyaga ketayotgan Turkiya fuqarolari bor edi.
YTH ro‘y bergan Qumluja tumanida huquq-tartibot idoralari surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, avtobus haydovchisi boshqaruvni eplay olmagan, buning oqibatida transport vositasi 50 metr chuqurlikka qulagan.
Izoh (0)