Ekvador prezidenti Lenin Moreno sakkiz yildan beri ishlayotgan shaxsiy kabinetida yashirin kamera o‘rnatilganini sezib qoldi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Men hayratda va g‘azabdaman. Kabinetimda masofadan boshqariladigan yashirin kamera bor ekan. Bu — shaxsiy hayotga qarshi jinoyat”, — deb yozadi prezident.
Prezidentning ta’kidlashicha, kamera 2007—2017-yillardagi mamlakatning avvalgi prezidenti Rafael Korrea tomonidan o‘rnatilgan.
Moreno sobiq prezident kameradagi yozuvlarni telefoniga saqlab olgan bo‘lishi mumkinligini ham ma‘lum qildi.
Mamlakat prokuraturasiga mazkur ish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish vazifasi topshirilgan.