O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga uning “XXI asr bo‘sag‘asida” nomli kitobining o‘zbek tilida chop etilgan nusxasini sovg‘a qildi. Bu haqda “Kazinform”ga tayanib, “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Foto: “Kazinform”

“Kazinform”ning yozishicha, Shavkat Mirziyoyev mazkur kitob unda katta taassurot qoldirganini ta’kidlab o‘tgan. O‘zbekiston Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ushbu kitob tarjimasi kecha yakuniga yetkazilgan.

“XXI asr bo‘sag‘asida” kitobining o‘zbek tilidagi nusxasi Shavkat Mirziyoyevning so‘zboshisi bilan boshlangan.