Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq Myanma g‘arbida istiqomat qiluvchi roxinja elatiga mansub musulmonlar atrofida yuzaga kelgan vaziyatni “genotsid va etnik tozalash” deb atadi. Bu haqda hukumat rahbari Vashington Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazidagi chiqishida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Ularga qarshi sodir etilgan jinoyatlarni genotsid yoki etnik tozalash deb atash mumkin”, — deb qayd etdi u. Uning so‘zlariga qaraganda, “xalqaro hamjamiyat u yerda yuz berayotgan hodisalarni e’tiborsiz qoldira olmaydi”.
Vazir, shuningdek, roxinja muammosini AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muhokama qilganligini ma’lum qildi. Najibning ta’kidlashicha, Tramp Malayziya hukumati bezovtaligiga sherik bo‘lmoqda.
Avvalroq Malayziya hukumati Myanmadan qabul qilinayotgan qochoqlar sonini oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)