Hozirgi paytda ko‘pchilik odamlarning hayoti ish atrofida qurilgan. Lekin bunday yondashuv baxt va qoniqish keltirmaydi.

Foto: “Joblist.md”

Faqat unumliroq ishlashimiz uchungina biz sport bilan shug‘ullanamiz, dam olamiz va sog‘lig‘imizga e’tibor beramiz. O‘tgan kunimizni bajargan ishlarimiz soniga qarab baholaymiz. Lekin bunday bog‘lanish faqat charchatadi va azob keltiradi. O‘zimizni baxtliroq his qilish va mukammal hayot kechirishimiz uchun, ishdan ham muhimroq narsalar borligini unutmasligimiz kerak.

Qanday qilib ishga kamroq ahamiyat berish kerak?

Birinchi navbatda ishga va muvaffaqiyatga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish kerak. Buning uchun yuqori lavozimni egallab turganlarni kuzating. Ular har doim keskinlik holatida bo‘lishlarini, cheksiz muhim ishlar va haddan tashqari jizzakilik orasida qiynalishlarini sezasiz.

Ular kamdan-kam hollarda tinch hayot kechiradilar. Doimiy ravishda muvaffaqiyat orqasidan quvishning bahosi — yolg‘izlik va hayot uchun muhim bo‘lgan boshqa narsalarni yo‘qotish. Bu orzu qilishga arziydimi?

Siz qachonki baxtni muvaffaqiyatga bog‘lashdan to‘xtasangizgina, qanday qilib maqsad va yutuqlarsiz hayotdan lazzatlanib yashash mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rsangiz bo‘ladi.

Hayotingizga qanday foydasiz, lekin qiziqarli ijodiy tajribalar qo‘sha olishingizni tasavvur qiling.

Masalan, hech qanday aniq maqsadsiz, faqat xursandchilik va ilhom olish uchun sayr qilish. Bular hayotga sho‘ng‘ib ketishga, hamma tuyg‘ularingizni harakatlantirishga, vaqtincha kundalik muammolarni unutishga yordam beradi.

Hayotda ba’zi narsalar maqsadlar, natijalar va muvaffaqiyatlarga bog‘liq bo‘lmagani uchun ham ajoyib va qiziqarli ekanligi to‘g‘risidagi haqiqatni qabul qiling.

Bu sizni natijalarga tobelikdan uzoqlashishga majbur qiladi, kattaroq narsalar to‘g‘risida o‘ylashga yordam beradi. Ishga kamroq e’tibor berish natijasida, o‘zingiz uchun aslida nima muhimligi haqida o‘ylab ko‘rishga vaqt topa olasiz.

Manba: “Layfxaker”