Xitoylik olimlar fizika qonunlariga zid keluvchi dvigatelni yaratdi

Xitoyning CCTV-2 telekanali Xitoy olimlari EmDrive dvigatelining ishlaydigan namunasini yaratganini ma’lum qildi, ushbu dvigatelning harakati shu paytgacha saqlanish qonunlari doirasida izohlab berila olmagan edi, deb yozadi Daily Mail.

Foto: “Naukatv.ru”

Xabarda texnik tafsilotlar keltirilmagan. Ta’kidlanishicha, dvigatel yaqin orada koinotda sinab ko‘riladi.

2016-yil dekabrida xitoylik olimlar EmDrive prototipi Tiangong-2 kosmik laboratoriyasi bortida sinab ko‘rilganini ma’lum qilgan edi. O‘shanda ham tafsilotlar oshkor etilmagandi.

EmDrive dvigateli mikroto‘lqinlarni hosil qiluvchi magnetron va ularning tebranishidan energiya to‘plovchi rezonatordan iborat qurilmadir. Tashqi jihatdan agregat yonbosh qilib qo‘yilgan chelakni eslatadi. Bunday konstruksiya, muhandislar so‘zlariga ko‘ra, nurlanishni tortuvchi kuchga aylantirish imkonini beradi, bu esa saqlanish qonunlari bo‘yicha o‘z izohini topgani yo‘q. EmDrive asosidagi kuch qurilmasi Quyosh tizimining chekka hududlariga bir necha o‘n yilliklar emas, bir necha oylar ichida yetib borish imkonini berishi mumkin.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing