Qozog‘istonning Ostona shahrida tashkil etilgan EXPO–2017 ko‘rgazmasiga ketgan sarf-xarajatlar davlat budjetiga qaytib tushdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyevning jurnalistlar bilan o‘tgan matbuot anjumanda aytib o‘tdi, deb xabar beradi Uz24.
“Hech nima isrof bo‘lmadi. Ko‘rgazmaga sarflangan pullar Ostonadagi barcha mehmonxonalar, restoranlar, konsert zallarini to‘ldirgan tashrif buyuruvchilar va sayyohlar hisobidan qaytib keldi. Biznes turtki oldi, Ostona budjeti o‘sdi, tadbirkorlar pul ishlab olishdi. Qurilish ishlarida 1400 kompaniyalar ishtirok etdi, natijada multiplikativ taassurot berdi. O‘ylaymanki, ko‘rgazma har tomonlama yaxshi tadbir bo‘ldi”, — dedi Nazarboyev.
Prezidentning qayd etishicha, ko‘rgazma uchun qisqa vaqt ichida butun mittituman qurildi.
EXPO–2017 ko‘rgazmasi 10-sentabr kuni o‘z ishini yakunladi, unda 115 mamlakat va 22 xalqaro tashkilotlar ishtirok etdi. Umumiy hisobda ko‘rgazmaga 3977545 nafar kishi tashrif buyurdi.
Izoh (0)