Iroq janubidagi Di-Kar viloyatida ro‘y bergan ikki teraktda 50 kishi halok bo‘ldi, 87 kishi jabrlandi. Bu haqda IraqiNews xabar bermoqda.
Aytilishicha, harbiy formadagi jangarilar 14-sentabr kuni yo‘l chetidagi qahvaxonaga kirib, tashrifchilarga qarata betartib o‘t ochgan. So‘ng ular turli mashinalarga o‘tirib, Di-Kar va Mutanna viloyatlari orasidagi nazorat-o‘tkazish punktiga yo‘l olgan. U yerda mashinalardan biri havoga uchirilgan.
Terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchi guruhi o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.