10-sentabr kuni ayni payda o‘z faoliyatini AQShda davom ettirayotgan xonanda Larisa Maskalyovaning onasi vafot etdi. Bu haqda xonandaning o‘zi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Mening va oilamning ahvolidan xavotirga tushib qo‘ng‘iroq qilayotganlar, yozayotganlar meni kechiringlar, hozirda javob beradigan holatda emasman. Biz “Irma” to‘fonidan qutulib qoldik. Shartli ravishda evakuatsiya qilindik. Afsuski bu vaqtda, mendan juda olisda — Toshkentda onam vafot etdi… To‘fon sababli uchib bora olmadim. 10-sentabr kuni onamni dafn qilishdi…

1-sentabr kuni 77 yoshni qarshilagan onam ulkan qalbga ega ajoyib inson edi.

Onam 1966-yilda sodir bo‘lgan zilziladan so‘ng Toshkentga ko‘chib kelib, poytaxtning qayta tiklanishi uchun bor kuch-g‘ayratini sarflagan ayol edi…

Larisa Maskalyova, xonanda