Ford “o‘zini o‘zi boshqaruvchi” avtomobilni sinovdan o‘tkazish maqsadida uning ichiga haydovchini yashirganligini tan oldi (video)

Ford kompaniyasi vaqtinchalik “haydovchisiz” avtomobilga aylantirilgan Ford Transit ishtirokidagi rolikni taqdim etdi. Kompaniya mashina ichiga o‘rindiq kabi kiyinib olgan haydovchini o‘tqazib, “ushbu avtonom transport vositasi atrofdagilarga qanday ta’sir ko‘rsatishini” tekshirmoqchi bo‘ldi, deb xabar berdi TJournal.

Kadr: YouTube

Ford’ning old paneliga piyodalar va harakat ishtirokchilari bilan “muloqot”ni ta’minlash maqsadida svetodiod o‘rnatildi. Undagi chiroqlar atrofdagilarni avtomobil tezlashishi yoki to‘xtashi haqida ogohlantirib turdi.

Avtomobil kompaniya ataylab bu haqida e’lon qilmaganini va svetodiod belgilar nima ekanligi borasida tushuntirish bermaganini ma’lum qildi.

Kompaniyadagilar yo‘lovchilardan ushbu “o‘zini o‘zi boshqaruvchi” avtomobilga duch kelishganida uning harakatlari tushunarli bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini so‘zlab berishlarini iltimos qilishdi. Ichida haydovchisi bo‘lgan Ford Transit umumiy miqdorda 150 soat harakatlandi.

Avgust oyining boshlarida Amerikaning Arlington okrugidan bo‘lgan jurnalist ushbu avtomobil ichida haydovchi bor ekanligini isbotlovchi videoni taqdim etgandi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing