Dunyoning turli mintaqalarida nafaqaxo‘rlar qanday hayot kechiradi? (foto)
Natixis Global Asset Management global nafaqa indeksi to‘rt guruhdan iborat 18 ta ko‘rsatkich bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirib, dunyoning turli nuqtalaridagi nafaqaxo‘rlarning hayot tarzi reytingini tuzib chiqdi. Bunda nafaqaxo‘rlarning moddiy ta’minoti, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, tibbiy xizmatlardan foydalana olishi, hayot tarzining sifati hisobga olinadi. Barcha ko‘rsatkichlar 0 dan 100 foizgacha baholanadi, deb xabar berdi “Vedomosti”.
Ushbu reytingga xuddi o‘tgan yilgidek Norvegiya 86 foizli umumiy indeks ko‘rsatkichi bilan yetakchilik qilmoqda.
Shveysariya — 82 foiz ko‘rsatkich bilan 2-o‘rin
Germaniya — 77 foiz ko‘rsatkich bilan 7-o‘rin. Nafaqaxo‘rlarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalana olishi 80 foizdan yuqori.
Avstriya — 75 foiz ko‘rsatkich bilan 13-o‘rin
AQSh — 72 foiz ko‘rsatkich bilan 17-o‘rin
Fransiya — 71 foiz ko‘rsatkich bilan 19-o‘rin
Isroil — 71 foiz ko‘rsatkich bilan 20-o‘rin
Yaponiya — 70 foiz ko‘rsatkich bilan 22-o‘rin
Janubiy Koreya — 68 foiz ko‘rsatkich bilan 23-o‘rin
Izoh (0)