AQShda aktyor Frenk Vinsent 79 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.

Foto: TMZ

Portalga ko‘ra, Vinsent yurak operatsiyasi chog‘ida vafot etdi. O‘tgan haftada u yurak xurujini boshidan o‘tkazgandi. 

Aktyor asosan “Soprano jamoasi” serialidagi mafiozilar yetakchisi Fil Leotardo roli bilan tanilgandi.

Shuningdek, Frenk Vinsent mashhur rejissor Martin Skorsezening bir necha filmida suratga tushgandi.