Gollivudning mashhur kinoaktyori, o‘zining jangari filmlari bilan muxlislar og‘ziga tushgan Stiven Sigal o‘zining Instagram sahifasida O‘zbekiston borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

My Dear Friends, I would like to share my impressions from visiting the city of Tashkent, capital of Uzbekistan. During my short visit to this rich history country I have had a chance to meet the students of Culture and Arts School, and have attended the grand Traditional Culture Festival and presentation of the Uzbegim book, where I was given an opportunity to familiarize myself with traditions of this beautiful country. With great pleasure, I would also like to relay that I was present for the preparation of the largest plov (traditional Uzbek dish) in the world, a record that was also included in the Guinness Book of Records. I was ready, willing and able to perform but to my deepest regret, owing to unavoidable circumstances and situations that had virtually nothing to do with me, put me in a position, that didn't allow me to participate in Asian Fight 2017. I'm confident that in the nearest future I will be able to return to Uzbekistan to meet my fans and get to know this amazing country better Sincerely Steven Seagal

A post shared by Steven Seagal Official (@seagalofficial) on

Aykido sport turi bo‘yicha 7-dan sohibi hisoblangan Sigal O‘zbekiston haqida juda iliq fikrlar bildirgan. Madaniyat va san’at institutiga tashrifi va talabalar bilan uchrashuvi, “O‘zbegim” festivalidagi ishtiroki, O‘zbekiston tarixi haqida hikoya qiluvchi kitob taqdimoti unda chuqur taassurot qoldirganini bayon qilgan. Shuningdek, mamlakatni “chuqur va boy tarixga ega”, deb yozgan.

Sigalning aytishicha, u “Bunyodkor” stadionida o‘tgan Asian Fight sport turnirida ishtirok etishni juda istagan. Biroq unga bog‘liq bo‘lmagan noma’lum sabablar tufayli kinoaktyorga musobaqaga borishga ruxsat berilmagan va u ortga qaytib ketgan. Bu so‘zlarni Stiven chuqur afsus bilan bayon qilgan.

O‘zbekistonda ham qator muxlislariga ega bo‘lgan Stiven Sigal yaqin kelajakda bu mamlakatga qayta tashrif buyurish niyati borligi haqida yozdi. Bunda u fanatlari bilan uchrashish va ajoyib mamlakat haqida yanada ko‘proq bilish istagi borligini bildirdi.

Avvalroq Stiven Sigalning nima sababdan Asian Fight turnirida ishtirok etmagani tashkilotchilar tomonidan ochiqlanmagan, iddaoda uning “Bunyodkor”ga kelishi va’da qilinmagani ro‘kach qilib o‘tilgandi.

Foto: Facebook