Samsung kelgusi yili egiluvchi displeyli smartfon ishlab chiqaradi. Bu haqda kompaniyaning mobil bo‘linmasi rahbari Kox Dong Jin ma’lum qildi, deya xabar beradi  “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Kompaniya vakiliga ko‘ra, ayrim texnik muammolar mavjudligi sababli hozircha bunday smartfonlar namunalari yo‘q.

Ma’lumot uchun, Samsung ilk egiluvchan AMOLED-displeyni 2011-yili, CES ko‘rgazmasida namoyish etgandi.