Samarqand shahrida 11—15-sentabr kunlari Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti tarkibiga kiruvchi, Radiochastota spektrini boshqarish, Radiouzatish bo‘yicha, shuningdek Radioaloqa assambleyasiga va Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining Butunjahon radioaloqa anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Ishchi guruhlarining yig‘ishilishi o‘z ishini boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati

Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekistondan, shu bilan birga, aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti ijrochi qo‘mitasi, Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi, Xalqaro radiohavaskorlar kengashi, GSM (Global System for Mobile Communications) mobil aloqa assotsiatsiyasi hamda boshqa muassasalarning 80 dan ziyod mutaxassislari ishtirok etmoqda.