O‘zbekistonga shakar bojxona to‘lovisiz olib kiriladigan bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-sentabrda mamlakatda shakar narxi oshib ketishining oldini olishga qaratilgan qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, 15-sentabrdan boshlab shakarqamish yoki qandlavlagi shakari va qattiq holatdagi kimyoviy toza saxaroza (o‘smlik shakari) O‘zbekistonga nol stavkadagi bojxona import to‘lovi hamda aksiz solig‘i asosida olib kiriladi.

Davlat rahbari Davlat bojxona qo‘mitasiga ijtimoiy ahamiyatga molik mahsulotlarni olib kirishda bojxona rasmiylashtiruvini o‘z vaqtida va to‘siqlarsiz amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing