Hindistonda “Ko‘k kit” tufayli “VKontakte” vaqtincha blokirovka qilindi

Ayrim hind provayderlari “Ko‘k kit” o‘yini tufayli “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ini blokirovka qilishni boshladi. Foydalanuvchilar saytga kirganda u mamlakat hukumati qaroriga binoan blokirovka qilingani haqidagi xabarga duch kelmoqda, deya xabar beradi TJournal.

Foto: TJournal

Mazkur ma’lumotni Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi vakillari tasdiqladi va “VKontakte” tekshiruv vaqtiga blokirovka qilinganini bildirdi. Vazirlik “hozirda bu o‘yindan foydalanilayotgani yoki yo‘qligi”ni aniqlashga urinmoqda. 

Huquq-tartibot idoralari mamlakatdagi shubhali o‘z joniga qasd holatlariga “Ko‘k kit” o‘yinining aloqadorligini aniqlash uchun ushbu tekshiruv o‘tkazilishi tashabbuskori bo‘ldi. 

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing