O‘FF qoshida tashkil etilgan va kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashishi kerak bo‘lgan qo‘mita boshlig‘i Ahrol Inoyatov, milliy terma jamoa sardori Odil Ahmedovning “Sport” telekanaliga bergan intervyusi borasida fikr bildirdi.

Foto: Xalqaro press-klub

Ahmedov O‘zbekiston Oliy Ligasida kelishilgan o‘yinlar bor ekani haqida aytib o‘tgandi. Inoyatov esa bunday deyish yaramasligini va noto‘g‘ri bo‘lishini, o‘zlari bu haqda bila olmayotgani haqida aytib, juda fidoyi bo‘lsa, Ahmedov bunga qarshi federatsiya bilan birga kurashishi kerakligini qayd etdi.

Bu borada Ahrol Inoyatovdan intervyuni “Championat.asia” nashri oldi.