1,7 million aholiga ega Birlashgan Arab amirliklari poytaxti Abu-Dabi shunday o‘lchamdagi 390 shahar orasida yo‘llarda tirbandlik kamligi bo‘yicha mukofotli o‘rin oldi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.

Foto: UAE Inside

Manbalarga ko‘ra, tig‘iz payt shaharda qatnov odatiy paytdagidan atigi 14 daqiqa ko‘proq vaqt oladi.

O‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 6 foizga kamroq edi. TomTom Awards mutaxassislari buni poytaxt aholisi soni oshgani bilan izohladi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Abu-Dabi yo‘llar tirbandligini kamaytirish uchun infrastrukturani rivojlantirilganligi bo‘yicha ham mukofotli o‘ringa ega bo‘lgandi.