12-sentab kuni Moskva shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari ish boshlaydi. Davlat Kreml saroyida uning tantanali ochilishiga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “O‘zbekiston 24” telekanali.

Foto: “O‘zbekiston 24”

Ayni daqiqalarda o‘zbek san’atkorlari ushbu tadbirga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Unda “Maqom”, “O‘zbekiston”, “Navbahor” ashula va raqs ansambllari, yoshlar simfonik orkestri, yetakchi opera solistlari o‘z dasturlarini namoyish etadi.

14-sentabrga qadar davom etadigan O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida, shuningdek, turli mavzularda xalq amaliy san’ati ko‘rgazmalari tashkil etiladi, “O‘zbekiston madaniy merosi — dunyo nigohida” deb nomlangan davra suhbati ham o‘tkaziladi.