Fransiyaning “PSJ” klubi bilan shartnoma imzolagan Neymarning tanishtiruv marosimini 85 million braziliyalik jonli tomosha qilgan. Bu haqda klub prezidenti Nosir Al-Halayfiy aytib o‘tdi.
Globo TV egasi bilan suhbatlashganimda, u menda Neymarning taqdimot marosimini Braziliyadan qancha odam ko‘rganini topishimni so‘radi. Avvaliga 5 million degan variantni aytdim. Keyin 10 million dedim. Shunda u menga marosimni 85 million kishi jonli kuzatganini aytdi. Bu dahshatli raqam. Axir gap faqatgina tanishtirish marosimi haqida ketmoqda.“PSJ” Neymarni “Barselona”dan ko‘tarma puli hisoblangan 222 million yevroni to‘lab, sotib olgandi.Nosir Al-Halayfiy, “PSJ” prezidenti
Izoh (0)