O‘zbekiston hukumati muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan fuqarolarga soliq imtiyozlari taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 275 va 290-moddalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokama uchun chop etildi.
Hujjatga ko‘ra, bunday manbalardan foydalangan jismoniy shaxslar uch yilga yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan ozod qilinishi mumkin. Bunda ular amaldagi elektr tarmoqlaridan butunlay uzilishi talab etiladi.
Ushbu imtiyozning taqdim etilishi uchun asos bo‘lib energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlardan beriladigan muqobil energiya manbalaridan foydalanayotganlik haqida ma’lumotnoma xizmat qiladi.