Rossiya va Qirg‘iziston prezidentlari Vladimir Putin va Almazbek Atambayevning 14-sentabr kuni Sochida o‘tadigan rejadan tashqari uchrashuvida Qirg‘iziston prezidentining merosxo‘ri masalasi muhokama qilinadi. Bu haqda siyosatshunos Marat Qazaqpayev K-News nashriga ma’lum qildi.
“Uchrashuvda, aftidan, xalqaro vaziyatni muhokama qilishadi, Suriyadagi vaziyat bo‘yicha muloqot bo‘ladi. Merosxo‘r haqidagi masala albatta ko‘tariladi, negaki yaqinda saylov bo‘ladi utadi”, — dedi u.
Rejadan tashqari uchrashuv Qirg‘iziston tomonining tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)