AQSh davlat qarzi 8-sentabr yakuniga ko‘ra 20 trillion dollarlik tarixiy ko‘rsatkichdan oshdi. Davlat qarzi holati haqidagi har kunlik hisobotlar AQSh Moliya vazirligi saytida chop etiladi, deb yozadi Meduza.
Uning 318 milliard dollarga oshishiga 8-sentabr kuni imzolangan qonun sabab bo‘ldi. Qonun uch oy davomida AQSh hukumatiga yangi o‘zlashtirma mablag‘larni jalb qilish imkonini beradi. Jumladan, 15 milliard dollar “Xarvi” dovulidan jabrlanganlarga yo‘naltiriladi.
Davlat qarzlari chegarasini oshirish haqidagi qonun qabul qilinishi uchun AQSh prezidenti Donald Tramp Kongressda demokratlar bilan kelishuv imzoladi. Tramp inauguratsiyasi paytida qarz 19,9 trillion dollarni tashkil etgan edi.
2016-yil yakuniga ko‘ra, AQSh davlat qarzi mamlakat YaIMning 106 foizini tashkil etar edi. Bu “Katta yigirmatalik” mamlakatlari orasida uchinchi ko‘rsatkichdir.
Izoh (0)