Abu Dhabi Fund for Development Maldiv Respublikasi hukumatiga gumanitar moliyaviy yordam tariqasida 18,4 million dirham ehson qildi. Bu haqda UAE Inside nashri xabar bermoqda.
Jamg‘arma maqsadi mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish va taraqqiyotga ko‘maklashishdir. ADFD rahbari Maldiv elchisi bilan Rejalar to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Unda ikki mamlakat hamkorligining kelajagi va mamlakat taraqqiyotidagi Amirliklar ko‘magi belgilab qo‘yildi.
Ikki mamlakat o‘zaro hamkorligi tarixi 1976-yildan buyon davom etmoqda. BAAning o‘shandan buyon Maldiv respublikasiga ko‘rsatgan moliyaviy ko‘magi 100 million dirhamdan oshdi.