Italiya A seriyasining 3-turida Luchanno Spaletti boshchilik qilayotgan Milanning “Inter” klubi zafar quchdi va ochkolari sonini 9 taga yetkazib oldi. Uning sobiq jamoasi “Roma” ishtirokidagi o‘yin esa kuchli yomg‘ir sabab qoldirildi.
Turinning “Yuventus” klubi argentinalik hujumchilarining faolligi evaziga yirik g‘alabaga erishdi. Shuningdek, Neapolning “Napoli” klubi ham qatordan kam bo‘lmadi.
Turning markaziy o‘yini Rimda kechib, Simone Indzagi boshqarayotgan “Latsio” transfer bozorining eng faol vakillaridan biri bo‘lgan “Milan” ustidan yirik g‘alabaga erishdi.
Italiya A seriyasi 3-tur bellashuvlari
“Yuventus” — “Kyevo” 3:0
Gollar: Perparim Xetemay, 19-avt (1:0). Gonsalo Iguain, 58 (2:0). Paulo Dibala, 83 (3:0).“Inter” — “Spal” 2:0
Gollar: Mauro Ikardi, 27-pen (1:0). Ivan Perishich, 87 (2:0).“Latsio” — “Milan” 4:1
Gollar: Chiro Immobile, 38-pen (1:0). Chiro Immobile, 42 (2:0). Chiro Immobile, 48 (3:0). Luis Alberto, 50 (4:0). Rikkardo Montolivo, 56 (4:1).Chetlatish: Marko Parolo, 93+ (L).“Benevento” — “Torino” 0:1
Gol: Yago, 93+ (0:1).“Bolonya” — “Napoli” 0:3
Gollar: Xose Kalyexon, 66 (0:1). Dris Mertens, 83 (0:2). Pyotr Zelinski, 88 (0:3).“Sampdoriya” — “Roma” — qoldirildi
Izoh (0)