O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Samvel Babayan futbolchilarni jami 24 ta bellashuvda maydonga boshlab tushgandi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.
Bu murabbiylar orasida beshinchi ko‘rsatkichdir. Milliy terma jamoani maydonga eng ko‘p Mirjalol Qosimov boshlab chiqqan — 55 ta uchrashuv.
Murabbiylar
- Mirjalol Qosimov — 55 ta o‘yin
- Vadim Abramov — 28 ta
- Rauf Inileyev — 27 ta
- Ravshan Haydarov — 25 ta
- Samvel Babayan — 24 ta
- Vladimir Salkov — 21 ta
- Rustam Akramov — 18 ta
Izoh (0)