Meksikada ro‘y bergan shiddatli zilzila qurbonlari soni 95 kishini tashkil etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgari qurbonlar soni 90 kishiga yetgani ma’lum qilingan edi.
“Zilzila Oaxaka, Chyapas va Tabasko shtatlariga ayniqsa jiddiy zarar keltirdi, 95 kishining halokatiga olib keldi, yuzlab odamlar yaralandi, moddiy zarar juda jiddiy”, — deyiladi mamlakat TIV tarqatgan bayonotda.
Izoh (0)