Afg‘onistonning sharqiy politsiya zonasi qo‘mondoni Ayub Husaynxelga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Nangarxar viloyati hokimi matbuot xizmatining xabar qilishicha, hujum chog‘ida besh kishi, shu jumladan, bir ayol va bir bola halok bo‘ldi. Politsiya amaldorining o‘zi tirik qoldi.
General Husaynxel ketayotgan mashina Behsud tumanida portlatildi. Portlovchi uskuna mashina o‘tayotgan ko‘prik ostiga o‘rnatilgan edi.
Izoh (0)