Sirdaryoda bolalarni sog‘lomlashtirish imkoniyati yanada kengayadi: 200 o‘rinli yangi oromgoh uchun yer ajratildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
— Joriy yilgi mavsumda viloyatdagi 3 doimiy oromgohda 1 ming 800 nafar, 32 kunduzgi oromgohda 8 ming 100 bolaning dam olishi ta’minlandi, — deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi K. Oqbo‘tayev. — Kelgusi yili bolalarni sog‘lomlashtirish imkoniyatimiz yanada kengayadi: xushhavo tog‘ bag‘rida yangi oromgoh uchun yer ajratildi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mablag‘lari evaziga bunyod etiladigan ushbu oromgoh 200 o‘rinli bo‘lib, mavsum davomida mingdan ortiq bola hordiq chiqarishi mumkin.