O‘zbekiston Ikkinchi xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi yakunlariga ko‘ra meva-sabzavot yetkazish bo‘yicha 1,2 milliard dollarlik kelishuv imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Meva-sabzavot yetkazuvchilar qo‘shimcha ravishda 300 million dollarlik shartnomalarni tayyorlamoqda.
Ikkinchi xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi 6–8-sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilda tadbirda Rossiya, Belarus, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya, Ukraina, Shvetsiya, Portugaliya, Saudiya Arabistoni singari davlatlardan tashrif buyurgan 350 kompaniya vakillari ishtirok etdi.
Izoh (0)