“Bunyodkor” stadioni mezbonlik qilgan Asian Fight—2017 musobaqasiga va’da qilingan mashhurlar tashrif buyura olmagan bo‘lsa-da, avvaldan aytib o‘tilgani kabi sakkiz nafar o‘zbekistonlik sportchi jang qildi.
“Olamsport” nashrining xabar berishicha, sakkiz jangning 7 tasida o‘zbekistonliklar zafar quchdi. Faqatgina Ulug‘bek Umarov afg‘onistonlik raqibiga qarshi jangni muvaffaqiyatli yakunlay olmay, nokautga uchradi.
Quyida barcha jang natijalari taqdim etilgan. Avvalroq aytilganidek, K-1 yo‘nalishida muvaffaqiyatli odimlayotgan Anvar Boynazarov aviareys bilan bog‘liq muammo sabab Toshkentga kela olmagan.- Ayubxon Kamolov — Vikash Dahiya (Hindiston) — nokaut
- Ulug‘bek Umarov — Abdul Sami Faiziy (Afg‘oniston) — nokaut (mag‘lubiyat)
- Isroil Rasulov — Muhammad Kairiy (Singapur) — nokaut
- Muhammadali Toshturg‘unov — Bektur Mangiyev (Qirg‘iziston) — g‘alaba
- Hasanxon Baratov — Mixail Koldorkin (Rossiya) — nokaut
- Jasur Mirzamuhamedov — Vartan Aparian (Kipr) — nokaut
- Ahliddin Mirzadavlatov — (Qozog‘iston) — nokaut
- Mahmud Murodov — Ziyo Mirzayev (Ozarbayjon) — nokaut
Izoh (0)