O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy-huquqiy komissiyasi kotibi, O‘zbekiston—Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi hamraisi Men Szyanchjuni orden bilan taqdirladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga muvofiq Men Szyanchjuga “Do‘stlik” ordeni topshirilgan.
Szyanchju O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida “do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, yirik iqtisodiy va sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” mukofot bilan taqdirlandi.