O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 9-sentabr kuni Ostona shahriga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidentini Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev 10-sentabr kuni Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida hamda EKSPO—2017 xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etadi.
“Prezidentimizning xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan”, — deyiladi O‘zA axborotida.