Rossiyaning Yekaterinburg viloyatida yuk mashinasining ikki yengil avtomobil bilan to‘qnashuvi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Gazeta.ru” ma’lumotiga ko‘ra, Yekaterinburg shahridan 24 kilometr masofada samosvalning g‘ildiragi chiqib ketib, ikkita “UAZ”ni pachoqlab tashlagan.
Qurbonlardan tashqari jabrlanuvchilarning ham bor-yo‘qligi hozircha noma’lum. Hodisa joyida shoshilinch xizmatlar ish olib borayotgani aytilmoqda.