Ukraina poytaxtida avtomobil portlatilishi oqibatida Gruziya fuqarosi Timur Maxauri halok bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mashinada Maxaurining turmush o‘rtog‘i va farzandi ham bo‘lgan. Ayol og‘ir jarohatlandi, bola jabrlanmadi.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Maxauri Donbassda Ukraina hukumat kuchlari tomonida, shayx Mansur nomli (boshqa manbalarda Joxar Dudayev nomli) chechen ko‘ngilli batalyoni tarkibida jang qilgan.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Timur Maxaurini “shaxsiy dushmani” sifatida ko‘rgani, Turkiya prokuraturasi esa Shomil Basayev o‘ldirilishi ishtirokchilaridan biri deb atagani ma’lum qilinmoqda.