Tinch okeani suv sathining ko‘tarilishi oqibatida sakkizta kichik orol suv ostida qolib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Sunshine Coast universiteti tadqiqotchisi Patrik Nann hamkasblari bilan birga sun’iy yo‘ldosh fotosuratlarini tahlildan o‘tkazdi, shuningdek, mahalliy aholi vakillari bilan suhbatlashdi.
Olimlar Mikroneziya atollari ichidagi eng yiriklaridan bo‘lgan Ponpei oroliga e’tibor qaratda. U har tomondan mayda orollar bilan o‘ralgan bo‘lib, bir qismida odamlar yashaydi.
Olimlar Ponpei atolli atrofidagi sakkizta kichik orol yaqindagina suv ostiga ketganini aniqladi.
Mahalliy aholi vakillarining guvohligiga qaraganda, orollar taxminan yuz yil oldin g‘oyib bo‘lgan. Ulardan ikkitasida odamlar yashagan.