Fransiya maxsus xizmatlari 2017-yil boshidan beri mamlakat hududida tayyorlangan 11 teraktni bartaraf qildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Jerar Kolon bayonot berdi, deb xabar qildi “Interfaks”.
Jumladan, oxirgi terakt o‘tgan hafta bartaraf qilingan. O‘shanda Sen-Sen-Deni departamentida gumondor ushlangan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, u huquq-tartibot organlariga xodimlariga hujum qilishni rejalashtirgan.