MUSO tahliliy platformasi3-sentabr holatiga ko‘ra “Taxtlar o‘yini” serialining yettinchi fasli milliard martadan oshiqroq noqonuniy ko‘rilganini qayd qildi. Bu haqda kompaniya asoschisi Endi Chatterli ma’lum qildi, deb xabar beradi TJournal.
MUSO ma’lumotlariga qaraganda, trafikning katta qismi mualliflik ro‘yxatidan o‘tmagan striming servislari orqali shakllantirilgan (84,7 foiz). 9,1 foiz holatda serial torrentlar orqali tarqatilgan, 5,6 foiz holatda tarmoqdan ko‘chirilgan, 0,6 foiz holatlarda xususiy torrent-trekerlardan foydalanilgan.
Yettinchi faslning birinchi qismini 187 427 575, ikkinchisini — 123 901 209, uchinchisini — 116 027 851, to‘rtinchisini — 121 719 868, beshinchisini — 151 569 560, oltinchisini — 184 913 279, yettinchisini — 143 393 804 tomoshabin noqonuniy ko‘rdi.
Xakerlar tomonidan HBO telekanaliga kiberhujum uyushtirilib, serial qismlari internetda tarqatib yuborilgani ham shunda ko‘rsatkichlarga olib keldi, deyiladi kompaniya hisobotida.
Izoh (0)