AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari Suriya sharqidagi Mayadin shahri yaqinida IShID terrorchi guruhining ikki yetakchisini yo‘q qildi. Bu haqdagi bayonotni koalitsiya shtabi tarqatdi, deb xabar beradi “TASS”.
“4-sentabr kuni amalga oshirilgan aviazarba oqibatida Mayadin yaqinida IShIDning ikki yetakchisi yo‘q qilindi”, — deyiladi bayonotda.
Aytilishicha, ushbu yetakchilarning yo‘q qilinishi guruhning texnik imkoniyatlariga jiddiy zarar keltiradi.
Aytilishicha, bu shaxslar portlovchi moddalar xaridi uchun javobgar, shuningdek, teraktlar rejalarini tuzar edi. Bundan tashqari, ular transport vositalari va binolarni minalashtirgan hamda dronlarni qurollantirgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)