AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya shtabi vakillari IShID terrorchi guruhining 20 dan ortiq dala komandirlari Dayr az-Zavrdan AQSh vertolyotlarida evakuatsiya qilingani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu haqda RT xabar bermoqda.
“Bu ma’lumot yolg‘on”, — ma’lum qildi koalitsiyaning rasmiy vakili.
Ilgariroq harbiy-diplomatik manbalar “RIA Novosti”ga shu yilning avgust oyida AQSh harbiy-havo kuchlari Day az-Zavrdan Suriya shimoliga IShID rahbariyatini olib chiqib ketganini bildirgan edi. Manba bunday operatsiya birinchi marta o‘tkazilmayotganini qo‘shimcha qildi.
Ammo AQSh rasmiylari Rossiya matbuotida tarqalgan bu ma’lumotni inkor qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)