Kataloniya parlamenti Ispaniyaning ushbu muxtor viloyati mustaqilligi yuzasidan referendum o‘tkazish to‘g‘risida qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjatni ko‘pchilik parlamentariylar yoqlab chiqdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qonun loyihasini 72 parlamentariy yoqladi, 60 nafari qarshi ovoz berdi, uch kishi ovoz berishdan tiyildi. Endi u 1-oktabrdan so‘ng avtomatik tarzda kuchga kiradi.
89 moddadan iborat qonunga ko‘ra, yangi davlat Yevroittifoq a’zosi bo‘lib qoladi, uning fuqarolarai esa ayni paytda Ispaniya fuqarolari ham bo‘ladi. Referendumdan so‘ng Kataloniya hududida 2016-yil dekabriga qadar ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar avtomatik tarzda uning fuqarolari bo‘ladi.
Ispaniya markaziy hukumati Kataloniyadagi mustaqillik harakatiga qarshilik ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, Ispaniya konstitutsion sudi o‘tkazilishi kutilayotgan referendumni mamlakat konstitutsiyasiga zid deb topdi.
Izoh (0)